September 30

Ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 30-sentabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Yoshlarning ma'naviy qiyofasi: axloq-odob va kiyinish madaniyati" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.

Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi. Yaxshi tarbiya, ba’zilar o‘ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-ona va o‘qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo‘lishi shart.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.