November 28, 2024

“Vatan manzumasi” mavzusida adabiy-ma’rifiy kecha.

2024-yil 27-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi D.B.Narzullayeva tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-1Fra22 guruh talabalari bilan Fakultet kutubxonasida davra suhbati hamda adabiy kecha tashkil etildi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi,
dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so‘z bilan aytganda maʼnaviymafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o‘zgarishlar paydo bo‘la boshladi. Chunki, mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvozalarini ochib,insonlarni ezgulik sari boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev - Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan
dalolat bermoqda», - deb bu borada qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida aniq vazifa va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar. Shu sababli, ushbu davra suhbatida prezidentimizning fikr-mulohazalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida, talabalarga Vatan, vatanparvarlik haqida mulohazalar aytib o'tildi.

Davra suhbati jarayonida talabalarga vatanparlik hissi, odamiylik hamda insonparvarlik hislari haqida tushunchalar berildi. Tadbir so'ngida esa, Fakultet kutubxonasi kitoblari hamda bu yerdagi shart-sharoitlar, kitoblarning talabalarda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytrilishi haqida ma'lumotlar berildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.