"Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati" mavzusida sayyor dars tashkil etildi.
2025 yil 25-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna tomonidan I-bosqich Tarjima nazariyasi va amaliyoti(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11 2TNF-24 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida Buxoro "Kitob olami" majmuasida ‘‘Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati’’ mavzusida sayyor dars tashkil qilindi.
Sayyor dars davomida kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.