“Mener des conversations sur l'art de la musique” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi To’yboyeva Shahnoza Ramazonovna tomonidan 2026-yil 23–aprel sanasi I-juftlikda 11-2FRA-24 guruhi talabalari bilan Og’zaki nutq amaliyoti fanidan “Mener des conversations sur l'art de la musique” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Dars davomida talabalar bilan musiqa san’ati yuzasidan fransuz tilida og‘zaki suhbatlar tashkil etildi.
Darsda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi: Mavzuga oid yangi leksik birliklar tushuntirildi; Talabalar dialog va monolog nutq orqali o‘z fikrlarini bayon etdilar; Guruhlarda ishlash va rolli o‘yinlar orqali interaktiv muhit yaratildi; Tinglab tushunish va erkin gapirish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Talabalar dastlab induvidual, so‘ngra kichik guruhlarga bo‘linib ishladilar. O‘qituvchi darsni reja asosida o‘tkazdi. Dars do‘stona muhitda olib borildi.
Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari F.Z.G’aniyev, S.S.Xudoyev, A.Jumayevlar ochiq darsga ishtirok etib, mashg’ulot haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.