April 14

“Filologik oliy ta’lim muassasalari talabalarining fransuz tili nutqini boyitishda frazeologik birliklarning o‘rni” mavzusida master-klass mashg'uloti o'tkazildi.

2025-yil 11-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan "Filologik oliy ta’lim muassasalari talabalarining fransuz tili nutqini boyitishda frazeologik birliklarning o‘rni" mavzusida master-klass tashkil etildi.

Ma'ruzachi Shahnoza Xolova 2025-yi mart oyida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malaka oshirish kursida tahsil olib qaytdi. Mazkur master-klass mashg'uloti davomida filologik oliy ta’lim muassasalaridagi fransuz tili o‘qitishning maqsad va vazifalari, frazeologik birliklar, ularning ta’rifi, turlari, fransuz tilida ishlatilishi, fransuz tilida frazeologik birliklar va ularning ta’lim jarayonida qo‘llanishi, ta’lim metodologiyasiga ta’siri borasida so'z bordi hamda fransuz tili nutqini boyitishda frazeologik birliklarning tilshunoslik va pedagogik tahlili amalga oshirildi.

Ushbu mashg'ulotda fransuz tilini o ‘rgatishda frazeologik birliklarning funksional imkoniyatlari, tarjimani amalga oshirishning asosiy usullari va texnologiyalari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va axborot vositalari yordamida frazeologik birliklarni o‘rganishning yangi yondashuvlari rivojlanmoqda. Onlayn kurslar, ilovalar va o‘quv platformalari yordamida frazeologik birliklarni o‘rgatishning samaradorligi oshadi. Misol uchun, interaktiv dasturlar orqali talabalarga frazeologizmni o‘rganishda qo‘llaniladigan real situatsiyalarni ko‘rsatish mumkin.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.