May 2

Sayyor dars o'tkazildi.

2026-yil 1-may kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-1Fra-22 guruh talabalari ishtirokida sayyor dars tashkil etildi.

Buxoro "Kitob olami"da bo'lib o'tgan mazkur seminar mashg'ulotida talabalar nazariy bilimlarni chuqurroq anglash, o'rganilgan mavzular doirasida mukammal ma'lumotlarga ega bo'lishda kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Kitob – bu bilim manbai, tafakkurni kengaytiruvchi va insonni ma’naviy boyituvchi eng qadimiy o‘qituvchidir. Talabalar uchun kitob nafaqat darslik yoki o‘quv qo‘llanma, balki fikrlashni o‘rgatuvchi, dunyoqarashni shakllantiruvchi eng muhim vositadir. Kitob o‘qigan talaba mustaqil fikrlaydi, yangi g‘oyalarni tahlil qila oladi va o‘z fikrini ravon ifodalashni o‘rganadi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.