Yesterday

Talabalar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishuv.

2026-yil 13-mart kuni Xorijiy tillar fakultetining Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari N.N.Abdullayeva, F.I.Rustamova va R.R.Rajabovlar Universitetning talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolari va takliflarini tinglash hamda turar joydagi tartib-intizom holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida o‘qituvchilar talabalar xonalari, o‘quv xonalari va umumiy foydalanish joylarini ko‘zdan kechirdilar. Talabalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning o‘qish jarayoni, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda turar joydagi sharoitlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. O‘qituvchilar talabalarga turar joy qoidalariga rioya qilish, tozalikni saqlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar. O‘qituvchilarning talabalar turar joyiga tashrifi samarali o‘tdi. Talabalar ham bu uchrashuvdan xursand bo‘lishdi. Bunday uchrashuvlar talabalar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi.