April 8

ISTEZA fransuz madaniyat markazida navbatdagi sayyor dars.

2025 yil 7-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.doktori Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan I-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-3 FRA-24 guruh talabalari bilan Adabiyotshunoslik fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars ‘Isteza’’ fransuz madaniyat markazida bo’lib o’tdi. Talabalar xorijiy sayyohlar bilan suhbatlashib, ularning madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlari haqida ma’lumot olishdi. Muloqot jarayonida talabalar o’zlari tomonidan tayyorlangan franzuzcna sherlar, raqslari bilan turistlarga qiziqish uyg’otdilar. Bu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.