Ta’limiy hamkorlik hamda ilmiy-amaliy almashinuv endi Buxoro Politexnika texnikumida.
2026-yil 13-yanvar kuni Buxdu Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsentlari N.B.Kuldashova va M.M.Jo‘rayevalar Buxoro shahridagi Politexnika texnikumida birinchi bosqich Pearson 10.25 KGDO guruhlari talabalari bilan turli til jamoalari vakillarining muloqot qilishiga imkon beradigan, dunyo tili hisoblangan fransuz tiliga bo‘lgan e’tibor, uning madaniy, diplomatik va xalqaro aloqalardagi roli, shuningdek, til o‘rganishning qulayligi to‘g‘risidagi maxsus mavzuga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazdilar. Tadbirda texnikumning O‘quv ishlari bo‘lim boshlig‘i M.N.Xasanova, shuningdek, yetakchi maxsus fan pedagoglari M.N. Ergashov, F.B. Qutliyevalar ham ishtirok etdilar. Tadbir davomida 95 yillik faoliyat tajribasiga ega Buxoro davlat universiteti haqida keng ma’lumot taqdim etildi.
Bugungi kunda universitet 8 ta fakultet va 34 ta kafedraga ega bo‘lib, fizika-matematika, iqtisodiyot va turizm, axborot texnologiyalari, tarix va yuridik, filologiya, xorijiy tillar, tabiiy fanlar, agronomiya va biotexnologiya, sanʼatshunoslik hamda sport faoliyati va pedagogika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda.
Buxoro Politeknika texnikumi va universitetning Xorijiy tillar fakulteti o‘rtasidagi munosabatlar — bu ikki ta’lim muassasasining pedagogik, ilmiy va amaliy hamkorligi bo‘lib, u talabalar va o‘qituvchilar uchun bir qator qulayliklar, imkoniyatlar va tajriba almashish yo‘llarini yaratadi. Universitet o‘qituvchilari tomonidan fransuz tilidan qo‘shma darslar va seminarlarning tashkil etilishi, texnikum talabalari universitetning xorijiy tillar laboratoriyalarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tashi, til o‘rganish metodikasi, kommunikativ kompetensiya va professional sohalarda tilning qo‘llanilishi kabi ilmiy izlanishlar, ta’limiy hamkorlikning yo’lga qo‘yilishi talabalar til ko‘nikmalarini yaxshilashga, kasbga tayyorgarlikning kuchayishida, karyera imkoniyatlarining kengayishida muhim afzalliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa xalqaro loyihalar, stajirovka, chet elga o‘qishga kirish imkoniyati orttiradi.
Bu hamkorlik mamlakatda barcha sohalar uchun malakali yosh mutaxassislarni qo‘shimcha xorijiy tillarni o‘rgangan holda sifatli tayyorlashga qaratilgan.