December 20, 2024

Kitobxonlik tadbirlari davom etmoqda.

2024 yil 17-dekabr kuni Buxoro davlat universitati Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Hayatova Nigina Ikromjonovna tomonidan 11-6GHTF-23 guruh talabalari bilan atoqli fransuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asariga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy kitobxonlik tadbiri o'tkazildi.

"Kichkina shahzoda" (fransuzcha: Le Petit Prince) - allegorik ertak, Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mashhur asari. Asarda Kichkina shahzoda koinotdagi turli sayyoralarga, shu oʻrinda, Yerga tashrif buyurganligi haqida hikoya qilinadi. Kitob yolgʻizlik, doʻstlik, sevgi va yoʻqotish mavzulariga bagʻishlangan. Bolalar kitobining uslubiga qaramay, uning qahramoni hayot va inson tabiati haqida hikoya qiladi.

Birinchi marta 1943-yil 6-aprelda Nyu-Yorkda nashr etilgan. U butun dunyo boʻylab 140 million nusxadan koʻp sotilgan va eng koʻp xarid qilingan kitoblar roʻyxatidan joy egallagan. Kitobdagi rasmlar muallifning oʻzi tomonidan yaratilgan. Bu tasvirlar asarning asosiy qismidir: ertak qahramonlarining oʻzlari chizmalarga murojaat qiladilar va ular haqida bahslashadilar. „Kichik shahzoda“dagi noyob tasvirlar til to‘siqlarini yo‘q qiladi va hamma tushuna oladigan koʻrinishda boʻladi. Antuan de Sent-Ekzyuperi kitob haqida shunday deydi: „Axir, barcha kattalar dastlab bolalar edi, ulardan faqat bir nechtasi buni eslaydi“.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.