"O'zbekistonda to'ylardagi dabdababozliklar va uning ijtimoiy ta'siri" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 4-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida " O'zbekistonda to'ylardagi dabdababozliklar va ularning ijtimoiy ta'siri" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Bugungi “Ma’rifat soati”ni xalqimiz hayotidagi dolzarb masalalardan biri — to‘ylardagi dabdababo‘zlik va ortiqcha isrofgarchilik muammosiga bag‘ishlaymiz. To‘y – bu xalqimiz qadimdan aziz tutgan qadriyat, oila, mehr-oqibat va baraka timsoli. Afsuski, so‘nggi yillarda ayrim to‘ylarimizda me’yor buzilib, soddalik o‘rnini hashamat va raqobat egallayapti. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy muammolarga ham olib kelmoqda.
Strategik islohotlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan to‘ylarning o‘rtacha qiymati 150–300 million so‘mni tashkil etadi, ayrim hollarda esa 1 milliard so‘mgacha chiqadi. O‘rtacha oila yillik daromadining 45–60 foizini faqat to‘yga sarflaydi. Ko‘plab oilalar to‘y o‘tkazish uchun bank krediti yoki qarz olishga majbur bo‘lmoqda. Natijada, yangi oila hayotini moliyaviy bosim va qarz bilan boshlaydi.