November 14

Qadimiy shahar bo'ylab sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi R.R.Radjabov hamrohligida Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta’lim yoʻnalishi 11-2,3FRA-24 guruh talabalari bilan 2025-yil 14-noyabr kuni Og’zaki nutq amaliyoti fanidan Buxoroning Eski shahar qismidagi qadimiy tarixiy obidalarda sayyor dars tashkil qilindi.

Ayniqsa “Qalblar dardiga darmon” nomi ostida o‘tkaziladigan ilk biennale bo'ylab qilingan sayohat talabalarda katta hayajon va unutilmas taassurot qoldirdi. Buxoro biennalisi — zamonaviy san’atning yangi tashabbusi bo‘lib, 2025-yilning 5-sentabridan 20-noyabrigacha YUNESKOning “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati bo‘yicha ijodkor shahar” maqomiga ega Buxoro shahrining yangi restavratsiya qilingan tarixiy maskanlarida bo‘lib o‘tadi. Sayyor dars mobaynida Fransiya davlatidan tashrif buyurgan sayyohlar bilan suhbat olib borildi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.