Buxoroning “Yulduzlar va Oy kabi Saroyi"da malakaviy amaliyot.
Joriy yilning 28-may sanasida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti M.M.Jo‘rayeva tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari bilan Buxoroning Sitorai Moxi Xosasiga malakaviy amaliyotni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdilar.
19-asr oxiri - 20-asr boshlarida qurilgan Buxoro amirining qishloq qarorgohi. Hozirda dekorativ-amaliy san'at muzeyi joylashgan. U Zarafshon daryosi vohasida, dengiz satxidan 500 metr balandlikda, Buxoro shahrining sharqiy chekkasida Buxoro amirining sobiq qarorgohi hududidagi so‘lim bir maskanda joylashgan.
Saroyning dastlabki binolari (hozirgi kungacha saqlanib qolmagan) 18-asrda, keyin esa 19-asrning ikkinchi yarmida amir Sayid Abdul Ahadxon davrida paydo boʻlgan. Yangi majmua yevropacha uslubda qurilgan, biroq erkak va ayol bo‘limlariga bo‘lingan, ichki qismi sharqona uslubda bezatilgan. U Buxoroning oxirgi amiri Mir Sayyid Olimxon (1912-1920) davrida qurilgan.
Saroy qurilishida Xasanjon Umarov, Abdullo G‘ofurov, Rahim Xaetov, Ibrohim Hafizov, Karim Samadov, usto Jura, usto Xo‘jaqul, Shirin Murodov kabi o‘z davrining mashhur ustalari, jumladan, amir saroyida xizmat qilgan ikki rus muhandisi – Margulis va Sakovich ishtirok etgan. Hozirda saroyda dekorativ-amaliy san'at muzeyi joylashgan.
Tashrif chog`ida talabalar Turli mamlakatlardan kelgan turistlar bilan ham fransuz, ham ingliz tilida muloqotda bo`lib, shahrimizdagi tarixiy obidalar to’g’risida so’zlab berdilar va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar. Tashrif o‘z maqsadiga erishdi.