December 17, 2024

Talabalar turar joyida "Kitobxonlik - 15 asrlik boqiy mashg'ulot", "Bilak yoki Bilim: talabalr hayotida sportning o'rni" mavzularida davra suhbati o'tkazildi. 

2024 yil 17-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari f.f.f.d.(PhD) dotsent P.R.Bobokalonov, Sh.D.Xolova hamda D.B.Narzullayeva tomonidan universitet Talabalar turar joyida Kafedra kunlari doirasida "Kitobxonlik - 15 asrlik boqiy mashg'ulot" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun kitob mutolaasi eng maqbul mashg'ulot ekanligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, fransuz tilida badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilib borish kelgusida til bilishning B2-C1 darajalarini qo'lga kiritishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv davomida "Bilak yoki Bilim: talabalar hayotida sportning o'rni" mavzusida ham fikr almashildi. Ham aqliy, ham jismoniy rivojlanish uchun sport bilan muntazam shug'ullanib turish tavsiya etildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.