"Lecture littéraire" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.
2026-yilning 28-aprel sanasida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori O.I.Adizova tomonidan 11-1FRA-24 guruh talabalari bilan “Une étrange disparition” hikoyasini o’qib tarjima qilishdi. Ishtirokchilar navbatdagi to‘garak mashg‘ulotini 210-o’quv xonasida tashkil etishdi. Unda talabalar faol qatnashishdi va qiziqarli ma’lumotlar o’rganishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga kent jalb etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tashabbuslar doirasida Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi, Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi 11-1fra-24 guruh talabalari bilan (“Lécture littéraire” Fransuz tili) fan to‘garagi mashg’ulotida kitobxonlik mushoirasi o‘tkazishdi. Bu to’garak mashg’uloti talabalarga katta ta’surot qoldirdi. Bunda shaharda yashaydigan bir qiz qishloqdagi xolasinikiga mehmon bo’lib keladi. Bu yerda u xolasini o’g’li bilan o’rmonlarga sayr qilib turli sarguzashtlarga duch kelishadi. Ushbu kitobda ikki yosh qarindosh o’quvchilarni sayohat va sarguzashtlari haqida qiziqarli hikoyalar bilan tanishish mumkin. Bu hikoya yoshlarni bir-biriga hurmat va mehr-oqibatli bo’lib tarbiyalash uchun muhim rol o’ynaydi.