April 18
O'qish va yozish amaliyoti fanidan sayyor dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan 2025-yil 18-aprel kuni Filologiya va tillarni o'qitish 11-3FRA-23 guruh talabalari ishtirokida O'qish va yozish amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars Buxoro shahrida joylashgan Bookhara books kitoblar markazida o'tkazildi. Talabalarga xorijiy tilda o'qish (Compréhension écrite) va yozish (Production écrite) ko'nikmalarini o'stirishda kitob mutolaasining o'rni beqiyos ekanligi tushuntirildi. Xususan, jahon adabiyoti durdonalarini chet tilida o'qish uchun bir necha asarlar tavsiya qilindi.