April 13

"Le voyage en Ouzbékistan" mavzusida ochiq dars o’tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Bekmurodova Saodat tomonidan 2025 yil 9-aprel kuni Filologiya va tillarni o'qitish (ingiliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-4 Ing-22 guruh talabalari bilan 2-chet tili fanidan "Le voyage en Ouzbekistan" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsda bir qator interfaol usullardan foydalanildi. Talabalarning fransuz tilida muloqot qilish ko'nikmasiga asosiy e'tibor qaratilgan ushbu mashg'ulot davomida bir nechta qiziqarli topshiriqlar bajarildi. Guruhda sog'lom raqobat muhiti yaratildi, xatolar tekshirib, tushuntirildi.

Magistrning ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari: f.f.d.(DSc) Xamidova M.X., f.f.d.(DSc) Adizova O.I, f.f.d.(PhD) Jabbarova M.X. hamda 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.