Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari".
2025 yil 27-fevral sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan univesitet Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan "O'zbek va fransuz adiblari hayoti" hamda "Odam savdosi yoxud ma'naviy tanazzul" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari: f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova, katta o'qituvchi M.X.Tairova, D.B.Narzullayeva, N.I.Hayatova tomonidan tashkil etildi va yuqori saviyada o'tkazildi. Tadbir davomida yoshlarga Viktor Gyugo, Balzak, Jyul Vern, Aleksandr Dyuma, Gi de Mopassan kabi Jahon adabiyotida o'z o'rniga ega bo'lgan buyuk fransuz adiblari haqida fikr almashildi, ularning bir necha asarlari o'qish uchun tavsiya etildi.