Ark qo'rg'onida sayyor dars.
Joriy yilning 25-noyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-8 ING-21 guruhi bilan Buxoro shahrining eski shahar qismida joylashgan Ark qoʻrgʻoniga sayyor dars tashkil etildi. Sayyor dars davomida talabalar ushbu qo’rg’on haqida tarixiy ma’lumotlarni fransuz tilida aytib berdilar. Ma’lumotlar berilishi jarayonidagi ba’zi kamchiliklar o’qituvchi tomonidan tuzatildi. Buxoro shahrining qadimiy va tarixiy durdonasi hisoblangan Ark qoʻrgʻonining tarixi, o‘sha davr madaniyati bilan kerakli ma'lumolar yanada to’liq yetkazildi.
Sayyor dars davomida talabalar o`zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qo`lladilar. Bundan tashqari Buxoroning ushbu qadimiy obidasi haqida sayyohat davomida foydali va qiziqarli ma’lumotlar, rivoyatlar ham aytib o’tildi.