May 10
Buxoro shahridagi Labi Hovuz ansamblining sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasida sayyor dars.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.(PhD) M.M. Jo’rayeva tomonidan 2025-yil 07-may sanasida Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 11-1Fra-24 guruh talabalari bilan Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillaridan biri bo'lgan Labi Hovuz ansamblining sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasida sayyor dars o'tkazildi.
Madrasa 1622-1623-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi.