April 2

Ma'rifat soati o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 1-aprel kuni "Men ogohlikni qanday tushunaman?" mavzusida Ma'rifat soati tashkil etildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Ogohlik – inson va millat manfaatlarining asrab-avaylanishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qoidalarga rioya qilinishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda hushyorlikni anglatadigan tushuncha. Jamiyatda mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning taʼminlanishi va asralishi bevosita inson ongi, tafakkuri bilan chambarchas bogʻliq. Har bir shaxs xalq, jamiyat, oʻz jamoasi, oilasi oldidagi burch va masʼuliyati hamda moddiy-maʼnaviy neʼmatlarga egalik huquqi mavjudligini anglab, idrok etishi unda ogohlik tuygʻusini shakllantiradi. Ogohlik jamiyat har bir aʼzosidan uning tinch va osoyishta hayotdan har tomonlama manfaatdorlik tuygʻusi shakllanishida namoyon boʻladi. Ushbu manfaatdorlikni anglagan inson jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga befarq qarab tura olmaydi, loqaydlik qanday oqibatlarga olib kelishini tushunadi. Ogohlik loqaydlikning aksidir. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatiga koʻra, muhim ahamiyat kasb etadi. Ogohlik tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni taʼminlashning sharti sifatida namoyon boʻlsa, loqaydlik esa jamiyat tanazzuliga zamin yaratadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.