"Traduction de correspondances administratives et officielles" mavzusida to'garak mashg'uloti o'tkazildi.
2025-yil 11-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan "Traduction de correspondances administratives et officielles" mavzusida to'garak mashg'uloti o'tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi — talabalarni fransuz tilidagi rasmiy hujjatlar, xatlar va ma’muriy yozishmalarni tarjima qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega qilish, shuningdek, tarjima jarayonida rasmiy uslub me’yorlariga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar turli xil rasmiy xatlar, so‘rovnomalar, arizalar, tavsiyanomalar, hamda davlat idoralari o‘rtasidagi yozishmalar misolida tarjima mashqlarini bajardilar. Shuningdek, fransuz va o‘zbek tillaridagi rasmiy yozishmalarning strukturaviy va uslubiy farqlari tahlil qilindi.
To‘garak rahbari Sh.D.Xolova tomonidan rasmiy uslubning leksik va grammatik xususiyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, real misollar asosida tarjima tahlili va tahririy ishlov topshiriqlarini bajarishdi. Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi. To‘garak ishtirokchilari bu kabi amaliy mashg‘ulotlar tarjima kompetensiyasini rivojlantirishda, xususan, rasmiy hujjat tarjimasi bo‘yicha malaka oshirishda juda foydali ekanligini ta’kidladilar.