April 6
Seminar darslar qizg'in davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d(DSc) M.H.Xamidova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-1Fra-21 guruh talabalari ishtirokida Boshlang'ich sinflarda chet tillarini oʻqitish metodikasi fanidan navbatdagi namunali seminar mashgʻuloti o'tkazildi.
Mashg'ulot davomida talabalar turli interfaol metodlardan foydalangan holda, boshlang'ich sinflarda fransuz tilini oʻqitishda qo'llaniladigan qiziqarli usullarni ko'rib chiqdilar. O'zaro taklif va tajriba almashish, ko'p yillik tajribali ustoz tomonidan berilgan tavsiya va maslahatlar bo'lajak pedagoglar uchun juda manfaatli bo'ldi.