December 19, 2024

"Isteza"da sayyor dars.

2024 yil 18-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1Fra-22 guruh talabalari bilan Isteza Fransuz madaniyat markazida sayyor dars tashkil etildi.

Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Ekskursiya davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga so’zlab berdi. Tashrif chog`ida talabalar fransuz turistlari bilan ham hamsuhbat bo`lib, Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.