"Tinchlik bering dunyoga" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 9-sentabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Tinchlik bering dunyoga" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
Insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘q. Yurt notinch bo‘lsa to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yin-kulgi tatimaydi. Urushlar tufayli insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, odamgarchilik unutiladi, boshlangan xayrli ishlar, ulug‘ maqsadlar qolib ketadi. Barchaning hayotidan huzur-halovat, turmushidan orom-farog‘at ko‘tariladi. Shuning uchun ham Alloh taolo bandalarini bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan urush chiqarishdan, bir-birlariga qurol o‘qtalishdan qaytargan. Tinchlikning qanday ulug‘ ne’mat ekanini tasavvur qilish uchun har kuni xotirjamlik bilan ish va boshqa yumushlarga borib kelayotganimiz, farzandlarimizning xech qanday xavf-xatarsiz o‘qish va bog‘chaga qatnayotganini misol keltirish kifoya.