April 13

“Style, ton, langue, allégorie” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

Buxoro davlat universiteti, Xorijiy tillar fakulteti, Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi f.f.f.d. Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan 2025 yil 10-aprel sanasi III- juftlikda 11-1 FRA-21 guruh talabalari bilan Adabiyot nazariyasi fanidan “Style, ton, langue, allégorie” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Ushbu ochiq dars mashg‘uloti uchun tanlangan mavzu bugungi kunda juda dolzarb bo’lib, unda style, ton, langue, allégorie haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Dars davomida CEFR talabi bo’yicha barcha - eshitish, gapirish, yozish va o‘qish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Dars davomida tashkil etilgan mashqlar talabalarning o’z fikrini erkin ifodalashlariga yordam berdi. Mashg’ulot jarayonida video va audio va materiallaridan tashkil topgan slaydlardan unumli foydalanildi.

Mavzuni yoritishda foydalanilgan ko‘rgazmali vositalarning to‘g‘ri tanlanganligini alohida ta'kidlash lozim. Shu bilan birga darsda vaqt taqsimoti to‘g‘ri belgilandi va undan samarali foydalanildi. Dars davomida bir nechta interfaol metodlardan, jumladan, “Kichik guruhlarda ishlash”, Tezkor savol-javob, Aralash, “Brise-glace”, Travail en groupe metodlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn o‘yinlardan, tarqatma va ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi. Talabalar dastlab induvidual, so‘ngra kichik guruhlarga bo‘linib ishladilar. O‘qituvchi darsni reja asosida o‘tkazdi. Dars do‘stona muhitda olib borildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari F.I.Rustamova, Sh.D.Xolova, L.B.Ikromovalar ochiq darsga ishtirok etib, mashg’ulot haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.