November 20, 2024

Ko'chat ekib, bog' yarating! - "Yashil makon" loyihasi amalda.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi L.B.Ikromova va 11-2FRA-21 guruh talabalari tomonidan 2024 yil 18-noyabr sanasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida talabalar o'rtasida "Obod Universitetim" aksiyasi bolib o'tdi.

Universitetda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan obonlahstirish ishlari olib borilmoqda.

Darhaqiqat, kuz fasli ko'chat o'tqazish uchun ayni vaqt hisoblanadi. Bobodehqonlarimiz ham bunday paytdan unumli foydalanishgan. Yurtimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish uchun ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri "Yashil makon" loyihasi hisoblanib, bundan maqsad, keyingi yillarda atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish bilan bog‘liq global muammolar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi o'zgarishlar bo'lmoqda. Shuningdek, Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. va 11-2fra-21 guruhi talabalari ham " Obod Universitetim" aksiyasida faol qatnashib Xorijiy tillar fakultetiga qarashli bo'lgan bog'ga ko'chat o'tqazib o'z hissalarini qo'shdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.