Siyosiy-ma'rifat soati.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 14-fevral sanasida haftaning eng muhim va dolzarb siyosiy-ijtimoiy mavzulari yuzasidan Siyosiy-ma'rifat soati tashkil etildi.
Ushbu ma'naviyat soati doirasida kafedra o'qituvchilari quyidagi eng muhim yangiliklardan xabardor bo'lishdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Akixisa Nagasima boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Maxsus maslahatchi Akixisa Nagasima davlatimiz rahbariga Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
Shuningdek, Jahon xabarlari hamda boshqa yangliklar ham kafedra a'zolari tomonidan muhokama qilindi.