January 14

Fransuz madaniyat markazida sayyor dars o'tkazildi. 

2025 yil 14-yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) Xamidova M.H. tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4ING-22 guruh talabalari bilan Isteza - Fransuz madaniyat markazida sayyor dars tashkil etildi.

Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Ekskursiya davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga so’zlab berdi. Tashrif chog`ida talabalar Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.