June 3

Malakaviy amaliyot jarayonda.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati(fransuz tili) ta'lim yo‘nalishlaridagi 2-bosqich talabalari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Malakaviy amaliyot jarayoniga start berildi.

Malakaviy amaliyotning ilk haftasi avvalida Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari talabalar bilan uchrashib, dastlabki ma'lumotlarni berishdi. Jumladan, kafedra mudiri, f.f.f.d(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda belgilangan amaliyot rahbarlari 4 hafta davom etadigan ushbu jarayonda talabalar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtirdilar va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.