November 10

Sayyor dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili)ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-2Fra-24 guruhida 2025-yil 5-noyabr kuni O'qish va yozish amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Ushbu sayyor dars Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan "Isteza" Fransuz madaniyat markazida olib borildi. Dars davomida talabalar markazning 7 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo'lgan boy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Markaz rahbari tomonidan ularga turli kitoblar sovg'a qilindi.

Aytish joizki, Buxoro shahrida joylashgan “Isteza” Fransuz Madaniyat markazi endilikda Fransuz Filologiyasi Kafedrasi filiali sifatida faoliyat yuritishi belgilandi. Ushbu qaror markaz va universitet o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida amalga oshirildi. Filialning asosiy maqsadi — Buxoro va uning atrofidagi hududlarda fransuz tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, til va madaniyatni rivojlantirish hamda talabalar va til ixlosmandlari uchun zamonaviy ta’lim dasturlarini taqdim etishdir. Shu bilan birga, filial fransuz tilida yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish va xalqaro madaniy almashinuv loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Buxoro shahridagi “Isteza” markazi endi nafaqat fransuz tilini o‘rganish markazi, balki Fransuz Filologiyasi Kafedrasining ilmiy va madaniy markazi sifatida ham faoliyat olib boradi. Bu esa viloyat yoshlariga fransuz tilini chuqur va sifatli o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi hamda ikki tomonlama madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.