February 11

Shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida Vatan mavzusi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 11-fevral kuni “Shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida Vatan mavzusi” mavzusida Ma'rifat soati tashkil etildi. Unda Xorijiy tillar fakulteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.Jumayev hamda Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.f.d.(PhD) O.O.Bobokalonov va kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

Bobur (taxallusi) toʻliq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoirtarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy yani shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan[2]. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta zavjasi boʻlib, Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayotning og‘ir sinovlarini boshidan kechirganida endigina 12 yoshda edi. Shu yoshida taxtga chiqish, davlatni boshqarish, xalqni adolat bilan idora qilib, mamlakat sarhadlarini g‘animlardan himoya qilish…

Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur umri davomida yaxshilikni istab yashadi. Qo‘lidan kelgancha odamlarga yaxshilik qildi. Endigina 47 yoshni qarshilagan, ayni kuchga to‘lgan chog‘ida o‘z umrini farzandi Humoyunga «sadqa» qilib yubordi. Ammo ko‘hna tarix sahnida adolatli shoh va buyuk shoir o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri bo‘lib qoldi. Ko‘ngliga yorug‘ maqsad tuggan insonlarga, ayniqsa, yoshlarga ulug‘ bobokalonimizning jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidoligi hamisha o‘rnakdir.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.