December 19, 2024

“Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

2024 yil 19-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-3 ING-23 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida ‘‘Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish’’ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

M.X.Jabbarova kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tdi. Odil Yoqubovning ‘‘Ulug’bek xazinasi’’asari tahlil qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga kent jalb etish, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʼishlangan 5 tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Fransuz filologiyasi kafedrasi Filologiya va tillarni oʼqitish (ingliz tili) taʼlim yoʼnalishi 11-3Ing-23 guruh talabalari bilan 5-tashabbus doirasida kitobxonlik kechasi oʼtkazildi. Kafedra oʼqituvchilari M.X.Jabbarova va 11-3ING-23 – guruh talabalari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yosh avlod oʼrtasida ommaviy kitobxonlik madaniyatini oshirish, yuksak maʼnaviyatli, intelektual salohiyatli, vatanparvar, barkamol shaxsni tarbiyalash yoʼlida samarali ishlar qilinayotgani alohida taʼkidlandi.

Аyniqsa talaba,yoshlar oʼrtasida kitob oʼqishni targʼib etish orqali ularda yuksak maʼnaviyat, xalqimizning tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga cheksiz hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini teran anglash tuygʼularini shakllantirish, Taniqli olimlar,professor-oʼqituvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, maʼnaviyatchilar bilan uchrashuvlar, maʼruzalar va davra suhbatlari tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek talaba yoshlarni boʼsh vaqtlarini kutubxonalarda oʼtkazishni taʼminlash. Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish yosh avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar olib borilayotgan islohotlarning ustivor yoʼnalishlaridan biriga aylandi. Binobarin davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼibot qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida” gi farmoyishida ham bu vazifalar keng qamrovda oʼzining aniq ifodasini topgan.

11-3 ING-23 – guruh talabasi B. Kahhorova o’zi yoqtirgan kitob Odil Yoqubovning ‘‘Ulug’bek xazinasi’’asari haqida qisqacha so’zlab berdi. Bu asar teatr sahnalarida ham ko’plab ijro etilganligini aytib o’tdi. Bu asar o’zbek adabiyotining durdona asarlaridan hisoblanishini taʼkidlab oʼtdi.

Guruh talabalari R.Muzaffarova, S. Latipova, B.Kahhorova, R.Yahyoyeva, F.Arabova, I. Bomurodova, M.Ro’ziboyeva, R.To’ymurotova, G.Naimova va S.Zoyirovalar tadbir haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.