Abu Ali ibn Sino kutubxonasida sayyor dars.
2025 yil 5-may kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan III-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-7 ING -22 guruh talabalari bilan ’’Kitobxonlik ma’naviyatini shakllantirish’’ mavzusida Abu Ali ibn Sino kutubxonasida sayyor dars tashkil qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga kent jalb etish, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʼishlangan 5 tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Filologiya va tillarni oʼqitish frantsuz tili taʼlim yoʼnalishi 11-7 ING-22 guruh talabalari bilan 5-tashabbus doirasida kitobxonlik kechasi oʼtkazildi. Kafedra oʼqituvchisi M.X.Jabbarova tadbirda mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yosh avlod oʼrtasida ommaviy kitobxonlik madaniyatini oshirish, yuksak maʼnaviyatli, intelektual salohiyatli, vatanparvar, barkamol shaxsni tarbiyalash yoʼlida samarali ishlar qilinayotgani alohida taʼkidlandi.
Аyniqsa talaba,yoshlar oʼrtasida kitob oʼqishni targʼib etish orqali ularda yuksak maʼnaviyat, xalqimizning tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga cheksiz hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini teran anglash tuygʼularini shakllantirish, Taniqli olimlar,professor-oʼqituvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, maʼnaviyatchilar bilan uchrashuvlar, maʼruzalar va davra suhbatlari tashkil etish zarurligi qayd etildi.