November 29, 2024

« Un état de stress. Exprimer des réflexions sur l'état de stress et gérer cet état » mavzusida ochiq dars.

2024 yil 29-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi To’yboyeva Shahnoza Ramazonovna tomonidan ochiq dars tashkil etildi. Og’zaki nutq amaliyoti fanidan « Un état de stress. Exprimer des réflexions sur l'état de stress et gérer cet état» mavzusidagi mazkur dars 2-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-23 guruh talabalari bilan samarali o'tkazildi.

Noan'anaviy tarzda tashkil etilgan ushbu amaliy mashg'ulot davomida bir qator interfaol metodlardan foydalanildi. Xususan, talabalarda og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qator topshiriqlar talabalar qiziqishi va faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ochiq dars mashg'uloti Fransuz filologiyasi kafedrasining bir qator professor-o'qituvchilari tomonidan tahlil qilindi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.