Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 10-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida navbatdagi Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.
Uni kafedra mudiri, f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” da kafedra a’zolariga Qonunchilikdagi yangiliklar, mutolaa vaqti bilan bog`liq muhim xabarlar, Prezidentimizning paxta yigʻim-terimi doirasida oʻtkazgan yigʻilishi hamda Respublikamiz va xorijda roʻy bergan boshqa voqealar tafsilotlari yetkazildi. Shundan soʻng kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’uli Sh.D.Xolova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari M.H.Xamidova, M.M.Jo‘rayeva, Sh.R.To‘yboyeva va M.X.Jabbarovaning Respublikamizda hafta davomida roʻy bergan eng muhim va ahamiyatga molik bo`lgan voqealariga doir fikr-mulohazalari tinglandi. Siyosiy ma’rifat soatining asosiy maqsadi ishtirokchilarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor qilish hamda dunyoda yuz berayotgan dolzarb siyosiy jarayonlar haqida keng qamrovli tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.