“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 28-yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov xotirasiga bag’ishlab “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” g’oyasi ostida “Tarixiy
xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzuida Ma’rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og‘ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo‘qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o‘z uyi va tuz-nonini baham ko‘rgandi. Islom Karimov 1945-yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989-yil 24-iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.
1990-yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.
Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga - ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.
Saylov 1991-yil 29-dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.
Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar.
Saylovdagi g‘alabasi bilan Islom Karimov o‘zining butun xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan siyosati qonuniyligini tasdiqladi. Prezident lavozimidagi vakolatlari haqqoniyligining bunday tasdig‘i, shubhasiz, Islom Karimovga mustaqillikni mustahkamlash hamda orziqib kutilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar to‘g‘riligiga ishonchni yanada mustahkamladi.
Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov qalamiga mansub hujjatli adabiy asar. Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch asari 2008-yilda Maʼnaviyat nashriyoti tomonidan 176 sahifada qattiq muqova bilan chop etilgan. Asar muqaddima va toʻrt bobdan iborat. Kitob qoraqalpoq, tojik, turkman, qirgʻiz va qozoq tillariga tarjima qilinib, chop etilgan.
Islom Karimovning prezidentlik davri mobaynida bu kitob jahon miqyosida, xususan, musulmon olamida ham qiziqish uygʻotdi va Quvayt davlatida arab tiliga,Turkiya Respublikasida turk tiliga tarjima qilindi. Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn kabi mamlakatlarda kitobning taqdimot marosimlari oʻtkazildi.