16-noyabr - Xalqaro bag'rikenglik kuni.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan 2024 yil 15-noyabr kuni Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari bilan 16-noyabr - Xalqaro bag'rikenglik kuniga bag'ishlab "O'zbekiston - bag'rikeng diyor" mavzusiga davra suhbati o'tkazildi.
O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Zero, shu aziz Vatan – barchamizniki. Bu zaminda asrlar mobaynida turli millat va elat vakillari qo‘lni-qo‘lga berib, yelkama-yelka yashab kelmoqda. Yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlaraaro bag‘rikenglik muhiti hukmron.
Xalqimiz odamiylik, insonni qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, necha-necha avlodlarga bezavol yetkazib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq hayotini, dunyoqarashini, turmush tarzini o‘zgartirmoqda.