"Muomala madaniyati - xodimning ma'naviy qiyofasi" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 7-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Muomala madaniyati - xodimning ma'naviy qiyofasi" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi.
Muomala – qalqon. Undan qalqon sifatida foydalanish uchun oldin aqlga ishora qilish kerak bo‘ladi. Adovatni adovat bilan bartaraf qilib bo‘lmaydi, uni faqat adovatsizlik bilan bartaraf etish mumkin. Nodonlik alomati besabab janjalkashlik: aqlli, dono odam nodon bilan adi-badi aytishmaydi. Bosiqlik, vazminlik va xushmuomalalik bilan vaziyatdan chiqish muomaladan qalqon sifatida foydalanish bo‘ladi. Muomala – kalit. Oqil-u donolik bilan qilingan muomala yopiq eshiklarni ochadi. Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, deydi xalqimiz. Muomala – odob. Agar inson odob bilan muomala qilsa, boshqalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Yoqimli so‘zlang, lekin xushomadgo‘ylik qilmang, qahramon bo‘ling, lekin maqtanmang, saxiy va hotam bo‘ling, lekin nomunosib benomuslarga emas, dadil bo‘ling, ammo qo‘pol va surbet bo‘lmang. Muomala – do‘st. Yaxshi muomalada bo‘lgan kishining albatta do‘stlari ko‘p bo‘ladi.