April 19

Ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi F.I.Rustamova tomonidan 2026-yilning 18-aprel sanasida Ikkinchi chet tili fanidan 11-2INGK 24 guruhi bilan birgalikda ochiq amaliy mashg‘ulot darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot mavzusi « Le passé composé » (« O‘tgan murakkab zamon») bo‘lib, dars talabalar tomonidan o‘tgan zamon shakllarini to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirildi. Shuningdek, talabalar og‘zaki va yozma nutqda ushbu zamondan foydalanishni o‘rgandilar.

Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan turli interfaol metodlardan, jumladan, “Devinez le verbe”, “Puzzle de phrase” kabi o‘yinlardan ham unumli foydalanildi. Shuningdek, tez aytishlar va lug‘atni mustahkamlovchi mashqlar tashkil etildi.

Dars davomida qo‘llanilgan metod va o‘yinlar talabalarning mavzuni oson va qiziqarli tarzda o‘zlashtirishiga xizmat qildi. Ochiq dars tahlilida Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari M.X. Jabborova, N.N. Abdullayeva va R.Sh. Bozorovalar ishtirok etdilar.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.