February 18

 “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida Ma’rifat soati.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 18-fevral sanasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida Ma’rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) O.O.Bobokalonov hamda professor-o'qituvchilar oz fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea.

2017-yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Murojaatnomalarda ko‘tarilgan masalalar dunyo hamjamiyati va jamotchilik e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboli, Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligiga daxldor harakatlarni belgilab berishi aniq. Aniq maqsadlar bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.

Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi, yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq belgilab berildi. Masalaga ongli tarzda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti, odamlar farovonligi haqida so‘zlash behuda. Bugungi davrning talabi ham shu.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.