March 1

"Les repas en France" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan 2025 yil 28-fevral kuni Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-5ING-22 guruhi talabalari bilan Ikkinchi chet tili fanidan "Les repas en France" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Ushbu ochiq darsda talabalar juda faol qatnashdilar. Mazmunan boy va qiziqarli tarzda tashkil etilgan ochiq darsda talabalar bilan turli xil interaktiv va innovatsion yondashuvlar darsni yanada jonlantirdi. Mavzuga oid video va audiolardan foydalangan holda mavzu yoritib berildi. Lug’atlarni o’yinlar yordamida o’zlashtirdilar. Ochiq darsda ikki guruh bo’lib talabalar bir-biri bilan o’z bilim va ko’nikmalarini nomoyon qilishdi.

Shuningdek, ochiq darsni tahlil qilishda Fransuz filologiyasi kafedrasidan N.N.Abdullayeva, B.Akramov, Sh.D.Xolova va L.B.Majidova, F.I.Rustamovalar ishtirok etdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.