April 29

Fransuz filologiyasi kafedrasida "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 29-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Inson qalbi, ong-u tafakkuriga nisbatan xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda navqiron avlodimiz, jondek aziz farzandlarimiz hayotiga, ularning ta’lim-tarbiyasiga bir lahza ham loqayd qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q. Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi oldidagi mislsiz vazifalar ham bu bordagi maqsadlarimizni yanada teranlashtiradi. Chunki biz intilayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun, avvalo, yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak. Bugun ushbu masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni belgilaydigan eng mas’uliyatli va sharafli ishga aylanmoqda.

Har bir ota-onaning qalbidagi eng oliy maqsadi aziz farzandining ta’lim-tarbiyasi hamda uning nurli istiqbolidir. Quvonarlisi, yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz, farzandlarimizning taqdiri va kelajagi uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Bunga «labbay», deya javob qaytara oladigan iste’dodli avlod shaxdam qadam tashlamoqda. Ularning yuragida yongan ilm-ma’rifat quyoshi, ezgu va oliy muddaolari zakiy bobolarning «Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda», deya bildirgan har harfi zar hikmati bilan yanada yorug‘, charog‘on.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.