ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI fanidan ochiq dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo'rayeva tomonidan 2024 yil 16-dekabr kuni Lingvistika (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi I-bosqich 10-1INA-24 va 10-1QTL-24 guruh magistrlari bilan Ilmiy tadqoqot metodologiyasi fanidan «Tadqiqot uslubini tanlash. Tajriba-sinovning qo‘yilishi va bosqichlari » (Choisir une méthode de recherche. Mise en œuvre et étapes de l’expérimentation) mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Darsda ilmiy terminlarga xos bo'lgan jihatlar, jumladan mazkur holatlarda qo'llaniladigan glossariya va iboralarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida magistrlarning o’zlari tomonidan turli-xil o’yin va metodlardan foydalangan holda taqdimotlar bilan o’tkazildi. Dars jarayonida magistrlar ikki guruhlarga bo’linib musobaqa tarzda quiz test va musobaqalar tashkillashtirildi. Mavzuga doir turli video va audio materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi.
Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasidan f.f.d.(Dsc) M.X. Xamidova, f.f.f.d. (PhD) M.X. Jabborova Sh.D.Xolova kabi professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.