"Besh muhim tashabbus - yoshlarga qanot" mavzusida sayyor dars.
2025 yil 18-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-14 ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyida O’zbekiston Respublikasi Presidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 muhim tashabbus doirasida sayyor dars tashkil etildi.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Talabalar bilan zamonaviy texnologiyalar va ularning hayotimizdagi tutgan o'rni muhokama qilinib, o'zaro muloqotda foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar, ularning afzalliklari hamda zararli xususiyatlari haqida fikr almashildi.
Talabalar sayyor dars davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalaniladigan vositalar haqidagi savollarga javob berishda faol qatnashib mavzuga doir o’z fikr mulohazalarini bildirishdi.