April 19

Sayyor darslar davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan 2025-yil 17-aprel kuni Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-1Ing-22 guruh talabalari ishtirokida sayyor dars tashkil etildi.

O'tkazilgan satyor dars davomida talabalar 3 kishidan guruhlarga ajratilib, fakultet hovlisida topshiriqlar bajarishdi. Darslar davomida o'rganilgan fransuzcha so'zlardan foydalanib har bir guruh atrofda uchratgan buyumlarini nomini yozib kelishdi va shular ishtirokida gaplar tuzib aytib berishdi. Talabalarga salqin havoda tashkil qilingan sayyor dars davomida Kitoblar olami kitob do'koniga ham o'qituvchi bilan birga borishdi va u yerdagi kitoblar bilan tanishishdi

Fransuz filologiyasi kafedrasi.