April 21

Magistrlar, talabalar va sport.

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasining Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistrlari M. Raximova, S. Hamidova, M. Ostonova, H. Hayitova, Z. Narzullayevalar tomonidan Talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus” doirasida sport yo‘nalishida qator musobaqalar tashkil etildi. Jumladan, talabalar o‘rtasida shaxmat, shashka hamda stol tennisi bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalar talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyon etib, har bir yo‘nalishda keskin va murosasiz bahslar olib bordilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib rag‘batlantirildi. Bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.