November 5

Islohotlar markazida sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d(PhD) M.M.Jo‘rayeva tomonidan magistratura mutaxassisligi 10-1Fra-25, 10-1Nem-25, 10-1Ing-25 va 10-1Qtl-25 guruhlarida 2025-yil 31-oktabr kuni Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan o'tkazilgan mashg'ulotda M.M.Jo‘rayeva tomonidan “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda metodologik yondashuvlar” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Markaz mutaxassislari islohotlarning lingvistik va ijtimoiy jihatlari bo‘yicha amaliy misollarni keltirdilar. Magistrantlar o‘z ilmiy izlanishlari doirasida qo‘llayotgan metodlarni taqdim etib, ularni tanqidiy tahlil qilishdi. Yakunda umumiy muhokama o‘tkazilib, ilmiy izlanishlarda metod tanlash va tadqiqot bosqichlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sayyor darsning asosiy maqsadi — lingvistika yo‘nalishidagi magistrantlarning ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ilmiy metodologiyalar bilan tanishtirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.