January 17

Buxoro Arkida sayyor dars.

2025 yil 16-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) 11-14 ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro shahrining diqqatga sazovor joyi Buxoro Arkida sayyor dars tashkil etildi. M.X.Jabbarova Buxoro Arki haqida talabalarga ma’lumotlar berdi.

Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi.

Ark dastlab milloddan avvalgi I asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (IX—X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (XI—XII asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) ark bir necha bor vayron qilingan.

Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (XVI asr)da shakllangan. Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. „Goʻriyon“ darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5-3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlangan. Arkda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan. Bu sayyor dars talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.