"Hayot shamingni so'ndirma" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2024 yil 17-dekabr sanasida "Hayot shamingni so'ndirma" mavzusida navbatdagi Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda fakultet Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.Jumayev hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.
Dunyoga kelgan har bir inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu dunyoda baxtli-saodatli yashagisi keladi. Bunday yuksak orzuga yetaklovchi omillardan biri — oila hisoblanadi. Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishta esa nikohdir. Nikoh eng muqaddas bitim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada ishlash kerakligi to‘g‘risida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq so‘z bo‘lib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda ro‘y berib, jamoatchilikning fikrlashini o‘zgartiruvchi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi bo‘ldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga, oddiy insonlarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilishga, yuzma-yuz muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin o‘zgarishlar yillab o‘z yechimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta ko‘rib chiqishga va hal etishga yordam bermoqda.